Mo‘ynoqda yana bir gaz koni ishga tushirildi

Ushbu hududda katta hajmda gaz zahiralari mavjudligi aniqlangan. Yaqin kelajakda yana shunday bir necha quduqlar topilishi va ishga tushirilishi kutilyapti.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Mo‘ynoq tumanidagi Quyi Surg‘il hududida ikkinchi quduq ochilib, gaz kondensati olishga kirishildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ekspert Senturin: O‘zbekiston dunyo gaz olamida munosib o‘ringa ega bo‘lishi mumkin

“O‘zbekneftgaz” AJdan xabar qilishlaricha, joriy yilning yanvar oyida ushbu hududda birinchi kon foydalanishga topshirilgan edi. Shundan so‘ng bu yerda geologlar bergan ma’lumotlarga tayangan holda burg‘ilovchilar ishni davom ettirdilar.

Mamlakat neft-gaz sanoatini rivojlantirish dasturida Surg‘il koni alohida ahamiyatga ega. Uni qazish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va boy resurslarni qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu hududda katta hajmda gaz zahiralari mavjudligi aniqlangan. Yaqin kelajakda yana shunday bir necha quduqlar topilishi va ishga tushirilishi kutilyapti. Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” AJning geofiziklar, geologlar hamda muhandislardan iborat maxsus guruhi Quyi Surg‘ilda qidiruv ishlarini faol olib borapti.