Shavkat Mirziyoyev tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

Sputnik

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan.

Oliy ma’lumotli, 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi.

Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda demokratik islohotlarni amalga oshirish borasidagi muhim qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida faol ishtirok etib, samarali faoliyat olib bordi.

Sh.M.Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.

8 sentabr kuni O‘zbekiston prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha bosh vazir Shavkat Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.

4 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi yakunlari bo‘yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman o‘z vazifasini bajarishga kirishdi.

1 / 21
Shavkat Mirziyoyev 14-iyun kuni Moskvaga tashrif buyurganda "Mundial"ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi.
2 / 21
29 aprel - 1-may kunlari O‘zbekistonga Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on rafiqasi bilan tashrif buyurdi.
3 / 21
Shu yil iyun oyida O‘zbekiston prezidenti ShHT sammitida ishtirok etish uchin Sindaoga tashrif buyurdi.
4 / 21
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi.
5 / 21
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Raxmon
6 / 21
Shu yil may oyida Shavkat Mirziyoyev AQShga birinchi rasmiy davlat tashrifini amalga oshirdi.
7 / 21
Livan bosh vaziri Saad Xariri, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
8 / 21
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev
9 / 21
15 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga ramziy tamal toshini qo‘ydi.
10 / 21
13 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Sharqiy harbiy qismiga tashrif buyurdi
11 / 21
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Olmazordagi Karlar jamiyatining kar-soqovlar madaniyat markaziga tashrif buyurdi
12 / 21
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida "Forish" tog‘-dala poligonini borib ko‘rdi.
13 / 21
23 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan uchrashdi.
14 / 21
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi.
15 / 21
Huquq tartibot organlar faol ravishda zamonaviy texnologiyalar tatbiq etilmoqda.
16 / 21
Prezident mart oyida Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" MChJ faoliyati bilan tanishdi.
17 / 21
Shu yil iyun oyida prezident Farg‘ona viloyati Marg‘ilondagi kiyim tikish korxonasiga tashrifi buyurdi.
18 / 21
O‘zbekistonda qorako‘l mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va ularning turlarini ko‘paytirishga qaratilgan keng ko‘lamli tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirilmoqda.
19 / 21
Shu yil boshida prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahridagi "Jarqo‘rg‘on meva-sabzavot eksport" korxonasiga tashrif buyurdi.
20 / 21
Prezident deyarli har bir safar chog‘ida fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning muammolarini hal qilish uchun vaqt topadi.
21 / 21
Mamlakatda jadal suratlarda iqtisodiyot rivojlanmoqda.