Rossiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i miqdori oshdi

Rossiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i ko‘tarildi, lekin ijtimoiy to‘lovlar miqdori saqlab qolindi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi 2019-yildan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i 18 %dan 20 %gacha ko‘tarishga qaror qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Yangi soliq tizimi qanday o‘zgarishlar olib kelmoqda?

Shu bilan bir vaqtda, qolgan ijtimoiy to‘lovlar stavkasi o‘zgarishsiz qoladi, deyilgan xabarda. Biroz oldin ijtimoiy to‘lovlar miqdori 34 %gacha oshadi degan xabarlar tarqalgan edi.

Bugungi kunda Rossiyada ishchilar maoshidan to‘lanadigan majburiy ijtimoiy to‘lovlar miqdori, maoshning 30 %ini tashkil qiladi. Undan Pensiya fondiga – 22 %, Majburiy tibbiy sug‘urta fondiga – 5,1 %, Ijtimoiy sug‘urta fondiga – 2,9 %,

Xabarda aytilishiga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘iga doir, barcha imtiyozlar ham saqlanib qoladi. Xususan, Rossiyada Uzoq Sharq hududi va Qrim respublikasi va Kaliningrad shahri yo‘nalishlariga sotilayotgan aviachiptalar narxi va avtomobil ishlab chiqaruvchilari xarajatlaridan qo‘shilgan qiymat solig‘ini chiqarib tashlash huquqi saqlanib qoladi.