Bosh prokuraturada yangi tayinlov amalga oshirildi

Mullajonov Abduqahhor Fayzulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Mullojanov Abduqahhor Fayzulloyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar haqidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Prezident topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarmagan 139 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

A.Mullajonov 1976-yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2002-yilda Mirzo Ulug‘bek tuman prokuraturasida boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2004-yildan boshlab, Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim katta tergovchisi, Sergeli tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yildan shu vaqtgacha Bektemir tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan.