O‘zbekiston termasiga argentinalik Ektor Kuper bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Ektor Kuper Misr termasi jamoasi, shuningdek Ispaniyaning "Valensiya" va Italiyaning "Inter" klublarini boshqargan.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi.

Umid Ahmadjonov: Bizga boqimanda klublarning quruq savlati kerak emas

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi argentinalik mutaxassis bilan kelishuvgacha  portugaliyalik Karlush Keyrush va xorvatiyalik Zlatko Dalich nomzodlari bilan ham muzokaralar olib borgan.

Futbol assotsiatsiyasi Sputnik Uzbekiston muxbiriga ushbu ma’lumotni rasmiy ravishda tasdiqlay olishmadi.

"Hozirgi vaqtda mutaxassis bilan muzokaralar olib borilmoqda", - deb ta’kidlashdi.

Ektor Kuperning so‘nggi jamoasi Misr termasi edi. Bunga qadar, argentinalik murabbiy Argentinaning "Urakan", "Lanus", Ispaniyaning "Malorka", "Valensiya", "Real Betis", "Rasing", Italiyaning "Inter", "Parma", Turkiyaning "O‘rduspor", Gretsiyaning "Aris", BAAning "Al-Vasl" klublarida, Gruziya terma jamoasida faoliyat olib borgan.

Yaqin soatlar ichida mazkur bitim borasida rasmiy xabar berilishi kutilmoqda.