Ekspert migratsiyaning asosiy sababini tushuntirib berdi

Odamlar sivilizatsiya markazlari tomoni intilmoqda. Migratsiyaning asosiy sababi – mana shu, deydi ekspert.
Sputnik

TOShKENT, 23-iyul - Sputnik. Odamlar bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chishining sababi – yashash sharoitining  yomonligi tufayli emas, deb hisoblayli FINAM strategik sarmoyalar kompaniyasi eksperti, iqtisod fanlari nomzodi Yaroslav Kabakov.

“Migratsiyaning sababi iqlim yoki yashash sharoitining yomonligida emas. Birinchi navbatda, bu odamlarning sivilizatsiya markazlari tomon intilishidadir. Menimcha, bugungi kunda migratsiyaning asosiy sababi - aynan mana shudir”, - deydi ekspert.

Shu bilan birga Kabakov,  aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda davlat boshqaruv institutlari va taqsimlash jarayonlarining qoloqligi ham migratsiyaga sabab bo‘layotganini aytib o‘tdi.

Ekspert migratsiyaning asosiy sababini tushuntirib berdi