O‘zbekiston Ukrainadan 2 mingdan ortiq avtomat sotib oldi

O‘tgan yilda Ukrainadan eng ko‘p qurol sotib olgan mamlakat AQSh bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. O‘tgan yilda O‘zbekiston Ukrainada 2 mingdan ortiq o‘qotar qurol sotib olgan, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz Ukraina Eksport nazorati xizmatiga asosan.

“2017 yilda Ukraina AQSh, O‘zbekiston, Iordaniya, Mo‘g‘uliston va Turkiyaga 17 mingdan ortiq o‘qotar qurol hamda 800dan ortiq yengil qurol-aslaha yetkazib berdi”, - deyilgan Ukraina muassasasi hisobotida.

O‘zbekistonga 2000 ta avtomat va pistolet-pulemot yetkazib berilgan. Ukrainadan eng ko‘p miqdorda qurol-aslaha sotib olgan mamlakat AQSh bo‘lgan. Okean orti mamlakati 10040 ta avtomat va pistolet-pulemotlar, 790ta tankka qarshi vintovka va granatomotlar sotib olgan.

Shuningdek, Turkiyaga 3 ta zenit-raketa qurilmasi, Mo‘g‘ulistonga – 10ta vintovka, Iordaniyaga – 22ta tankka qarshi vintovka, 2ta qo‘l granatomoti va bitta pistolet yetkazib berilgan.