Saviskiy muzeyidagi asar qanchalik zarar ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova va muzeyning sobiq direktori Marinika Bobonazarova zarar ko‘rgan asarni ko‘zdan kechirish uchun muzeyga kelishdi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. Jamoatchilik faoli Murat Sarsenov o‘zining Facebookdagi sahifasida xabar berishiga ko‘ra, Saviskiy muzeyida o‘t o‘chirish tizimining o‘z-o‘zidan ishlab ketishi oqibatida rassom Aleksandra Shevchenkoning  "Baba s vedrami" nomli asar qanchalik zarar ko‘rganini xabar qildi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, shu kunlarda Nukus San’at muzeyiga O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova va muzeyning sobiq direktori Marini Bobonazarovalar kelishgan.

Saviskiy muzeyidan qayg‘uli xabar

“Marinika Bobonazarovaning so‘zlariga ko‘ra, bo‘yoqning 60%ga yaqin qismi xolstdan ko‘chgan. Bo‘yoq ostidagi qatlam (grunt) joyida, lekin rasm achinarli ahvolda”, - deyilgan xabarda.

Xabarda shuningdek, ushbu mashhur asarni qayta tiklash bilan xorijiy mutaxassislar shug‘ullanishi aytib o‘tilgan.

Biroz oldin muzey o‘zining rasmiy xabarida ayni damda xorijiy mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilayotganini xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenkoning "Baba s vedrami" asar — Nukus muzeyining eng taniqli eksponatlaridan biri. Alerte Heritage jamiyati mutaxassislariga ko‘ra, kartinaning bugungi kundagi bahosi o‘rtacha 1,5 million dollarni tashkil qiladi.