Toshkentning yangi rasmiy gerbini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Gerbda shaharning o‘tmishi va bugungi zamonaviy qiyofasi aks etishi lozim.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Toshkent shahar hokimligi va jamoat kengashi tashabbusi bilan Toshkentning yangi rasmiy gerbini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi hokimlik axborot xizmati.

Gerbda shaharning o‘tmishi va bugungi zamonaviy qiyofasi aks etishi lozim.

Tanlov 16-iyuldan 25-avgustga qadar davom etadi, ijodiy ishlar 18-avgustga qadar qabul qilinadi. Unda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov mukofot jamg‘armasi – 10 million so‘m.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtning amaldagi gerbi bundan 21-yil oldin, ya’ni 1997-yilda tasdiqlangan.