Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari - AQSh ishchi guruhi uchrashuvi o‘tkaziladi

Uchrashuvda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSh vakillari ishtirok etadilar.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 2018-yilning 23-iyul kuni Toshkent shahrida "Markaziy Osiyo davlatlari – AQSh" ("C5+1") hamkorlik formatidagi Xavfsizlik bo‘yicha ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSh vakillari mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va tajovuzkor ekstremizmga qarshi turishning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar.