Chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan vahshiy jinoyatchilar jazolandi

Samarqandda chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan xususiy klinika xoodimlari ustidan sud hukmi o‘qildi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul – Sputnik. Samarqandda bolalar savdosi bilan shug‘ullangan, hech kim olmagan bolalar esa qarovsiz qoldirib nobud qilingan xususiy klinika haqida oldin xabar bergan edik. Ushbu jinoiy ishda aybdor bo‘lganlar ustidan sud hukmi o‘qildi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston24” telekanali.

Xususiy klinikada o‘nlab chaqaloqlar yoqib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand viloyati Jinoiy ishlar bo‘yicha sudining hukmiga ko‘ra, Nargiz Sanaxonovaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari va boshqa moddalari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan uzil-kesil 13-yil-u 2 oy ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Uning jinoiy sherigi Dilorom Nasimovaga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining v, j, o, p, r bandlari, 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari va boshqa moddalari bilan jinoyatlar majmui tariqasida 12-yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan vahshiy jinoyatchilar jazolandi

Mazkur ish bo‘yicha Nargiz Sanaxonovaning qizi E’zoza Sanaxonova ham sudlangan bo‘lib, u bitta epizodda qatnashganligi uchun Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining a,g bandlari bilan aybli deb topilib, 5-yil muddatga qamoq jazosi tayinlandi. Biroq uning yoshi va talaba ekani, qaramog‘ida ukalari borligi inobatga olinib, Jinoyat Kodeksining 72-moddasi bilan 2-yilga sinov muddati belgilandi.