O‘zbekiston Tojikistonda yangi maktab quradi

Maktab So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida barpo etiladi
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. O‘zbekiston So‘g‘d viloyatida yangi umumta’lim maktabini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Xs.uz  “So‘g‘d” axborot agentligiga tayanib.

Xabarda aytilishicha, 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab Spitamen tumanida barpo etiladi. Bu haqdagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga amalga oshirgan tashrifi davomida imzolangan.

“Spitamen tumani ma’muriyati o‘zbekistonlik mutaxassislarga qurilish uchun bir nechta joy taklif etilgan. Ammo hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan”, - deyiladi xabarda.