O‘zbekistonda yil boshidan 30 ta to‘y kortejlari jarimaga tortildi

Haydovchilar respublika trassalarida harakatlanishga halaqit berganligi uchun javobgarlikka tortildi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda shu yil olti oy ichida 30 ta to‘y kortejlari jarimaga tortildi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana" internet nashri.

O‘zbekistonda "tonirovka" masalasida qaror qabul qilindi

Yo‘l patrul xizmati xodimlari haydovchilarni respublika trassalarida harakatlanishga halaqit berganligi uchun javobgarlikka tortishdi.

Shu yil iyun oyi yakunida Oliy majlis o‘n beshinchi yalpi majlisida O‘zbekistonda to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi taklif muhokama qilindi.

O‘zbekiston xalqining milliy urf-odatlari, hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, senatorlar to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi borasida yagona, qat’iy normalar belgilanishi maqsadga muvofiq emas, degan xulosaga keldi.

Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev 29-iyunda Toshkentdagi Olmazor tumani faollari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda dabdabali to‘ylar mavzusida ham o‘z fikrlarini gapirdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dabdabali to‘ylarni hech kim o‘z maoshi evaziga qilmaydi. Bu esa, og‘ir ahvolda kun kechirayotgan aholi g‘azabini keltirishi mumkin.

"Tasavvur qiling, oyligi yo‘q, ishi yo‘q, shifoxonaga borishga, dori olishga puli yo‘q odamga 20 ta mashinada to‘y qilgan odam qanday ko‘rinadi? Yoqadimi? Men o‘ylayman yoqmaydi. Adolatsiz. Man-man degan odamga bitta savol: shu zo‘r to‘y qilgan odam oyligiga qila oladimi? Eng oddiy fuqaromiz ham sal o‘zini tiklab olsin. Uni, kechirasiz, oddiy tilda aytganda, g‘azabini keltirmaylik", — degan edi O‘zbekiston rahbari.