Samarqand yangi rahbarining telegram kanali ishga tushdi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning telegram kanali ishga tushdi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimovning telegram kanali ishga tushdi, deb xabar qilmoqda hokimlik matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu telegram kanal – xalq bilan bevosita muloqot o‘rnatish, joylardagi haqiqiy ahvol to‘g‘risida aniq ma’lumot olish maqsadida ishga tushirilgan.

“To‘g‘ri, joylarda hali muammolar anchagina. Buni tan olamiz. Ayrim rahbarlar va mutasaddilar Sizning murojaatingizni to‘laqonli yechib bermayapti, korrupsiya, ta’magirlik kabi illatlardan qutula olmayapmiz.

Samarqand viloyatining yangi hokimi o‘z faoliyatini nimadan boshladi

Yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, jamiyatimiz rivoji, fuqarolar og‘irini yengil qilish, yurtdoshlarimiz turmush sharoitini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflaringizni bildirishingizni so‘rayman.

Siz tomoningizdan yo‘llangan murojaatlar, albatta o‘rganib chiqiladi va ularni yechish yo‘llari izlanadi” deyiladi feysbuk sahifasida.