O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili AQSh elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra, 2018-yil 27-martda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston va AQSh hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi
Sputnik

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Bugun, 18-iyul kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Tashqi ishlar vazirligida AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

“Suhbat chog‘ida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra, 2018-yil 27-martda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston va AQSh hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda bildirilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston – AQSh kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilgan.