O‘zbekiston FVV 19-21 iyulda sel kelishi xavfi mavjudligini ma’lum qildi

Avvalroq O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 19-23 iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan Turkmaniston orqali quruq va juda issiq havo kelishi kutilayotganligi xabar qilingandi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. O‘zbekiston FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi aholini sel kelishidan ogohlantirdi.

“2018 yilning 19-21 iyul kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aholidan ehtiyot choralarini ko‘rish hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "tezkor raqam”iga murojaat etish so‘ralgan.

Avvalroq O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, 2018-yil 19-23 iyul kunlari O‘zbekistonga Erondan Turkmaniston orqali quruq va juda issiq havo kelishi kutilayotganligi xabar qilingandi.