Qirg‘izistonda musobaqa vaqtida burgut o‘n yoshli qizchaga hujum qildi

Voqea 15-iyul kuni Tonsk tumanida “Teskey jeek” festevali vaqtida sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Issiq ko‘lda milliy festival vaqtida burgut o‘n yoshli qizchaga hujum qildi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Voqea 15-iyul kuni Tonsk tumanida "Teskey jeek" festivali vaqtida sodir bo‘ldi. Yirqich qush hujum qilgan vaqt videoga tushdi.

"Singlim burgutlar uchirilayotgan dalaga qanday qilib chiqib qolganligini bilmay qoldi. Bu yerda biz aybdormiz. Uning sog‘lig‘i yaxshi, boshidagi jarohat tikildi. Burgutning tirnog‘i ozgina teriga sanchildi, orqasi tirnalgan. Qizcha hozir uyda, ozg‘ina qo‘rqib qolgan”, - dedi ushbu qizchaning opasi Nazira Akilbekova.

Burgut egasi Salavat Oybek uulu, bundan oldin qush hech qachon bunday o‘zini tutmagan. Burgut ismi Chagitgan, uning yoshi 15 da. Yirtqich qush ko‘p musobaqalarda qatnashgan.

“Bellashuvlar boshlandi, qushni kutib olish uchun men qarama qarshi tomonda turgandim. Qo‘qqisdan dalaga qizcha yugurib chiqdi. Shunda burgut shu yerga qo‘nish kerak deb o‘ylagan. Agar u hujum qilishga harakat qilganida, uni quyib yubormasdan, cho‘qib tashlagan bo‘ladi”, - deydi Oybek uulu.

Qirg‘iziston milliy ov (salburun) federatsiyasi prezidenti Almaz Akunov so‘zlariga ko‘ra, bunday hodisa 15-yillik tarixda birinchi marta sodir bo‘ldi.

Burgut – yirik yirqich qushlardan biri hisoblanadi. Uning qanotlari ochilganda 2,5 metrga yetishi mumkin. Markaziy osiyolik ovchilar burgutlar yordamida bo‘ri, sayg‘oq va jayronlarga ov qilishadi.