Sergeli tumanida yangi massiv qurilishi boshlandi

Uylar shu yilning oxirigacha qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Aholini arzon, ko‘p xonali uylar bilan ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining Sergeli tumanida zamonaviy tipdagi uylar qurilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 30 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bu yerda jami 60ta 7 qavatli uy quriladi. Ushbu uylarning har birida 70 tadan xonadon bo‘lib, jami 4 ming xonadon joylashadi.

Uylar shu yilning oxirigacha qurib bitkazilishi va foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, ushbu qurilayotgan uylar hududidan zamonaviy sport maydonchasi, bolalar o‘yingohlari, maktab, maktabgacha ta’lim muassasasi,  tibbiyot bo‘limi, dam olish maskani, kutubxona, maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari ham o‘rin olgan.