TOShKENT, 16-iyul — Sputnik.Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 16-iyul kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 25,6 so‘mga kamayib, 7 787,81 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi 76,80 so‘mga oshib, 9 100,06 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli ham 0,35 so‘mga qimmatlab, 124,54 so‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.