O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab sud tizimi xodimlari lavozim maoshlari oshiriladi

Molotok sudi
Sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etishni nazarda tutadigan takliflar ishlab chiqiladi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra Oliy sud veb-saytida sud qarorlarini tizimli ravishda e’lon qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Shuningdek, sudlarga murojaat etishda davlat bojlarini to‘lash bo‘yicha amaldagi imtiyozlar va davlat boji stavkalari qayta ko‘rib chiqiladi.

2018 yil 1-avgustdan boshlab sud tizimi xodimlari lavozim maoshlari oshiriladi.

Farmonga asosan sudyalar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga avtomobillar sotib olish uchun, sud apparati hamda Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti xodimlariga esa uy-joy sotib olish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etishni nazarda tutadigan takliflar kiritilishi nazarda tutilgan.