Toshkentda yangi akvapark ochildi

Shu yil iyul oyida "Oasis" ko‘ngilochar markazning ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu markaz bir vaqtning o‘zida 2 mingdan ortiq odamlarni qabul qilishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Toshkentda 14-iyul kuni yangi "Oasis" nomli akvapark ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligining Facebookdagi sahifasida ma’lum qilingan.

Akvapark mahalliy aholi orasida Toshkent viloyati shifoxonasi hamda Green City turarjoy komleksi o‘rtasida joylashgan (metroning "Novza" va "Milliy bog‘" bekatlari oralig‘ida).

Ko‘ngilochar markaz hududida – favvoralar, umumiiy maydoni 2 ming kvadrat bo‘lgan baseyin, shuningdek 235 metrli sun’iy yo‘l to‘lqini mavjud.

Mazkur bog‘da atrofda salqinlikni ta’minlovchi go‘zal favvoralar bunyod etilgan bo‘lib 2 ming kvadrat metrni tashkil qiladigan to‘lqinli yirik basseyn hamda 235 metrni tashkil qiladigan harakatlanuvchi to‘lqinli ariq ham o‘rin olgan.

Toshkentda yangi akvapark ochildi

“OASIS” bog‘i bir vaqtning o‘zida 2 ming kishini qabul qilish imkoniyatiga ega. Shuningdek, hududida yuvinish xonasi, zamonaviy kiyinish xonasi, bolalar uchun va oilaviy basseyn, fudkort, katta chelakdan iborat ajoyib dush o‘rin egallagan. Bundan tashqari suv sporti bilan shug‘ullanuvchilar uchun ham imkoniyat va sharoitlar yetarli.

Suv gorkalari tashkil etilgan, suzish havzalari ham turli yoshdagi aholi qatlamini inobatga olgan holda barpo qilingan.

Suv havzalarining har biri eng zamonaviy filterlar bilan jihozlangan va bu suv doimo toza hamda tiniq bo‘lishini ta’minlaydi.