Gusev: Rossiyasiz Markaziy Osiyoda yadroviy xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi

AQSh O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan mintaqada yadroviy xavfsizlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi. Strategik rejalashtirish instituti direktori, siyosiy fanlar doktori Aleksandr Gusev fikriga ko‘ra, bu kabi masalalar bevosita Rossiya ishtirokida muhokama qilinishi zarur.
Sputnik

Ekspert qayd etilishicha, amerikaliklar Markaziy Osiyodagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga manfaatdor, ayniqsa xavfsizlik masalalarda, shuningdek o‘z geosiyosiy manfaatlari haqida ham unitishmayapti.

“Markaziy Osiyoda yadrosiz holatni saqlanishi juda muhim. Eron va Pokiston ushbu sohada qandaydir tadqiqotlar olib borayotganligi sababli Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonda yadrosiz maqomni saqlab qolish kerak. Dastlab mamlakatlar yadroviy quroldan holi hudud yaratilishi tarafdori bo‘lishgan. Shu nuqtayi nazardan, bu yo‘nalishdagi asosiy jahon o‘yinchilarining sa’i-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi kerak”, - dedi Gusev.

Gusev AQSh va Xitoy mintaqada o‘z manfaatlarini ilgari surayotganligini ta’kidlab, shuning uchun Rossiya ham o‘z bu masalada o‘z pozitsiyasini rivojlantirish zarurligini aytib o‘tdi.

Gusev: Rossiyasiz Markaziy Osiyoda yadroviy xavfsizlikni ta’minlab bo‘lmaydi

"Qanday bo‘lmasin, Rossiyaning ishtirokisiz mintaqada, shu jumladan yadroviy xavfsizligiga erishib bo‘lmaydi", - deb yakun yasadi ekspert.