Wizz Air loukosteri Navoiyga parvozlarni amalga oshirishi mumkin

Vengriya poytaxtida o‘tkazilgan biznes-forumda Vengriya tomonining 1,5 million yevrolik investitsiyasi ishtirokida ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Sputnik

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Hokim o‘rinbosari U.Islomov boshchiligidagi Navoiy viloyati delegatsiyasi Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi prezidenti J. Varadi bilan uchrashdi, deb xabar berdi "Jahon" AA.

O‘zbekistonliklar delegatsiyasi "Navoiy" xalqaro aeroportining salohiyati va respublikaning turistik imkoniyatlari taqdimotini o‘tkazdi. Tomonlar Budapesht-Navoiy-Budapesht aviayo‘nalishini yo‘lga qo‘yishning iqtisodiy samaradorligini muhokama qildi.

Bundan tashqari, Vengriya poytaxtida o‘tkazilgan biznes-forumda Vengriya tomonining 1,5 million yevrolik investitsiyasi ishtirokida ikkita loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ikki davlat shuningdek mevalarni bir lahzada muzlatishga ixtisoslashgan korxona tashkil etish g‘oyasini ko‘rib chiqmoqda.