O‘zbekistonda qachondan naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkinligi aytildi

Hozirda O‘zbekistonda xorij valyutasini so‘mga almashtirish mumkin bo‘lgan mingga yaqin punkt ishlamoqda.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Markaziy bank departamenti direktori Bobur Abubakirov respublikada "aholiga naqd xorijiy valyuta sotishga albatta o‘tilishi”ni bildirdi.

"Hozirda valyutaga bo‘lgan talab pasayishi kuzatilmoqda, hamma valyutani so‘mga almashtirmoqda. O‘ylaymanki, ozgina vaqt qoldi", – dedi Abubakirov Podrobno.uz muxbiri bilan suhbatda.

Uning aytishicha, hozirda O‘zbekistonda xorij valyutasini so‘mga almashtirish mumkin bo‘lgan mingga yaqin punkt ishlamoqda.