Lola Karimova-Tillayeva Abu-Saxiy bozorini sotdi

Bozorni kim sotib olgani ma’lum qilinmayapti.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillayeva Toshkentdagi Abu-Saxiy bozorini sotdi, deb xabar berdi Reyter o‘z manbasiga tayanib.

Bozorni kim sotib olgani ma’lum qilinmayapti.

2016 yilda soliq organlari valyuta va bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari bo‘yicha bozorda tekshiruv o‘tkazgandi. O‘shanda kuch tuzilmalaridagi manba keyingi yillar davomida mahsulotlar bozorga bojxona qonunchiligi buzilishlari bilan olib kelingani va soliq yig‘imlarisiz sotilganini bildirgandi.