Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyatiga hokim etib tasdiqlandi

Surxondaryo viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangandi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul - Sputnik. Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan Erkinjon Turdimov o‘rniga shu paytgacha Toshkent viloyati prokurori bo‘lib ishlagan Bahodir Po‘latov Surxondaryo viloyatiga yangi hokim etib tasdiqlandi. Bu haqda uzbekistan24 telekanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyati hokimi sifatida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangandi.

Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Turobjon Jo‘rayev esa lavozimdan ozod etilgan.