Abituriyentlar bir vaqtning o‘zida bir necha oliygohga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi

Bu 2021-yilgacha innovatsion rivojlantirish strategiya loyihasida nazarda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda abituriyentlar bir vaqtning o‘zida bir necha oliygohga hujjat topshirishi mumkin bo‘ladi. Bu 2021-yilgacha innovatsion rivojlantirish strategiyasi loyihada nazarda tutilgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan strategiyani tasdiqlash bo‘yicha prezident farmoni loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Strategiya loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir necha oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishga ruxsat berish masalasi alohida band bilan taklif qilingan.

Hozir bunday ruxsat yo‘q va shu bois o‘zbekistonlik abituriyentlar bir yil tayyorlanib, faqat bitta oliygohga kirish uchun hujjat topshirishi mumkin.