O‘zbekistonda navbatdagi YTH besh kishini hayotdan olib ketdi

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida halokatli YTH yuz bergandi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. O‘zbekiston shimoli-g‘arbida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida besh kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi trassada Daewoo Nexia avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Chevrolet Cobalt mashinasi bilan to‘qnashgan.

Har ikki avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, uch yo‘lovchi kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan, yana bir yo‘lovchi esa kasalxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyatida halokatli YTH yuz bergandi.Daewoo Nexia va Damas avtomobillari to‘qnashuvi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgandi.