Yangilangan Nukus aeroporti birinchi yo‘lovchilarni kutib oldi

Aerovokzal majmuaning rekonstruksiyasi o‘tgan yili boshlangan, bugun esa u birinchi yo‘lovchilarni kutib oldi.
Sputnik

Yangi yo‘lovchi terminali soatiga 400 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega.

Terminal yo‘lovchilar va ularning yuklariga xalqaro standartlarga muvofiq xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan.

Shuningdek, parvozoldi nazorati va yuk olish maydonlari kengaytirilgan hamda ro‘yxatdan o‘tish ustunlari soni ko‘paytirilgan. Terminalda "vip-zona"dan tashqari (bu masala hal etilishi rejalashtirilgan) mahalliy va xalqaro aviayo‘nalishlar uchun yo‘lovchilar zali, ona-bola xonalari, tibbiyot punkti, valyuta ayriboshlash shohobchalari, suvenir do‘konlari, kafe-bar va boshqa qulayliklar yo‘lovchilar xizmatida.

Yangi terminalning dizaynini ishlab chiqishda hududning iqlim sharoiti ham hisobga olingan. Unda texnologiya, xavfizlik va qulaylik o‘rtasida muvozanatga erishilgan, deb ta’kidlashmoqda aeroport xodimlari.