Tramp Putinni o‘ziga raqib deb hisoblashini aytdi

Avvalroq Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi 16-iyul kuni Xelsinki shahrida o‘tkazilishi haqida xabar qilingandi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Putinni dushman emas raqib sifatida ko‘rishini aytdi, deb yozadi RIA Novosti.

"Gap uning do‘st yoki dushmanligi haqida emas, u raqib. U Rossiyani, men esa AQShni himoya qilaman", — dedi Tramp jurnalistlarga.

Avvalroq Vladimir Putin va Donald Tramp uchrashuvi 16-iyul kuni Xelsinki shahrida o‘tkazilishi haqida xabar qilingandi.

Kremlning ma’lum qilishicha, prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilishadi. Bu Putin va Tramp o‘rtasida hech qanday sammitga bog‘liq bo‘lmagan birinchi uchrashuv bo‘ladi.