Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etilganligi tasdiqlandi - OAV

Yaqin vaqtlar ichida viloyat hokimligida yangi rahbarni tayinlash uchun o‘tkaziladigan sessiya masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Samarqand viloyati hokimi Turobjon Jo‘rayev o‘z lavozimidan ozod etilganligi viloyat hokimligining bir qator vakillari tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda "Daryo.uz" o‘z muxbiriga tayanib xabar bermoqda.

“Viloyat hokimligidagi bir nechta manbaning so‘zlariga ko‘ra ayni paytda yangi hokimni tayinlash bo‘yicha sessiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Sessiya tez orada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ammo viloyat hokimligining biror bir vakili ushbu holat bo‘yicha aniq ma’lumotga ega emasligini bildirmoqda”, deyiladi xabarda.

Yaqin vaqtlar ichida viloyat hokimligida yangi rahbarni tayinlash uchun o‘tkaziladigan sessiya masalalari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Xabarda hozirda Samarqand viloyat hokimi Turobjon Jo‘rayev Toshkentda ekanligi aytilgan.