O‘zbekiston huquq tartibot xodimlari dronlardan foydalanishni boshlashdi

Dronlardan foydalanishni birinchi bo‘lib Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari boshlashdi.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston huquq tartibot organlari xodimlari dronlardan foydalanishni boshlashdi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.

Dronlardan foydalanishni birinchi bo‘lib Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari boshlashdi.

Ushbu qurilmalar aholi ko‘p to‘planadigan ommaviy tarbirlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va huquq tartibot organlari xodimlarining ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Samarqand IIBda dronlarning uchish tezligi soatiga 80 km, uchish balandligi esa 1 kmgacha deb ma’lum qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Yer resurslari davlat qo‘mitasi huzuridagi "Geoinnovatsion markaz" DUK va Xitoyning "BShark Holdings Ltd" kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekistonda pilotsiz texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzolangandi.

Kompaniyalar O‘zbekistonda dron ishlab chiqarish sanoatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishmoqda.