Andijonda 200dan ortiq kishini muzqaymoq bilan zaharlagan kafe egasiga jazo tayinlandi

Sud jarayonida kafe tegishli ruxsatnomasiz ishlagani, uning hududida dezinfeksiya qoidalariga amal qilinmagani ma’lum bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 12-iyul – Sputnik. Andijon viloyatidagi kafe egasi 200dan ortiq kishi zaharlanishiga sabab bo‘lgan muzqaymoq sotgani uchun besh yil muddatga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar berdi RIA Novosti sud organi vakiliga asoslanib.

"Sud kafe egasi Bultirboyevga nisbatan shartli ravishda besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi va ikki yillik sinov muddati berdi", - dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, sud jarayonida kafe tegishli ruxsatnomasiz ishlagani, uning hududida dezinfeksiya qoidalariga amal qilinmagani ma’lum bo‘lgan.