O‘zbekiston va Qozog‘iston birgalikda “buyumlar interneti”ni rivojlantirmoqchi

“O‘zbektelekom“ Markaziy Osiyo, Yevropa va Xitoy davlatlari o‘rtasida xalqaro tranzitni rivojlantirish uchun “Qozoqtelekom”ni strategik hamkor sifatida ko‘rmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. “O‘zbektelekom” va “Qozoqtelekom”milliy operatorlari “buyumlar interneti” sohasida hamkorlikda mahsulotlar yaratishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi “O‘zbektelekom” matbuot xizmati.

“O‘zbektelekom“ bosh direktori Farhod Roziyev va “Qozoqtelekom” boshqaruvi raisi Kuanishbek Yesekeyev infokommunikatsiya bozoridagi ikkita asosiy o‘yinchini umumiy muvofiqlashtirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha rejalari bilan almashdilar.

"Uchrashuv doirasida tomonlar SmartCity loyihalarini amalga oshirish, IoT (buyumlar interneti) bazasi asosida mahsulotlarni birgalikda rivojlantirish kabi yangi biznes sohalarda hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar”, - deyiladi xabarda.

“O‘zbektelekom“ shuningdek, Markaziy Osiyo, Yevropa va Xitoy davlatlari o‘rtasida xalqaro tranzitni rivojlantirish uchun “Qozoqtelekom”ni strategik hamkor sifatida ko‘rmoqda.