Yangi o‘quv yilidan OTM shartnoma to‘lovlari EKIHda o‘lchanadi

Bundan buyon OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqqiga nisbatan belgilanadi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul – Sputnik. 2018 yilning 1-sentabridan boshlab, O‘zbekiston oliy ta’lim maskanlarida to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqqi asosida belgilanadi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz nashri Oliy ta’lim vazirligi vakili Marat Zokirovga asosan.

Eng ko‘p hujjat topshirilgan OTM qaysi ekanini bilasizmi?

Xabarda aytilishiga ko‘ra, OTMlar to‘lov-kontrakt miqdorlari ertadan e’lon qiladi. Bundan buyon to‘lov miqdori EKIHda o‘lchanadi. Xususan, O‘zbekiston OTMlarida eng kam yillik to‘lov 45 EKIH — 8,2 mln so‘m, eng ko‘p to‘lov esa 60 EKIH — 11 mln so‘m bo‘lishi mumkin ekan.

An’anaga ko‘ra eng qimmat oliygohlar Yuridik va Diplomatiya universitetlari. Eng kam kontrakt to‘lovlari esa – texnik va pedagogik yo‘nalishlardagi oliygohlarda.

“Shartnoma puli bir qator xarajatlarga qarab belgilanadi. Ularning asosiysi – talabalar stipendiyalaridir. Shuningdek, o‘qituvchilar maoshlari hamda labaratoriya va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlardir”, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyuldan O‘zbekistonda oylik maoshlar, pensilar va EKIH miqdori oshishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda EKIH 172 240 so‘m, 15-iyuldan 184 300 miqdorida belgilanadi.