Turkiyada temir yo‘l halokati qurbonlari soni 24 taga yetdi

Avariyada og‘ir yaralanganlar vertoletlar va traktorlar yordamida evakutsiya qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Turkiyadagi temiryo‘l halokatida qurbonlar soni 24 taga yetdi. Shifoxonalarda 124 nafar kishi davolanmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Mirziyoyev va Erdog‘an o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishni muhokama qildilar

Bundan avval Tekirdag viloyatida 5 ta yo‘lovchi poyezd relsdan chiqib ketishi oqibatida 10 nafar kishi halok bo‘lganligi, shuningdek 73 nafar jarohat olganligi haqida xabar qilingandi.

Xabarda qayd etilishicha, halokat joyida qidiruv-qutqaruv ishlari dushanba kuni soat 6-00da yakunlandi.

Transport vazirligi xabarida Turkiyaning shimoliy-g‘arbiy qismida poyezd avariyasi kuchli yog‘ingarliklar tufayli temir yo‘llar ostidagi yer cho‘kish hosil bo‘ldi.

Avariyada og‘ir yaralanganlar vertoletlar va traktorlar yordamida evakutsiya qilindi.

Hurriyet gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda Istanbul va Edirne o‘rtasidagi avariya sodir bo‘lgan temir yo‘l uchastkasi hususiylashtirildi va bu temir yo‘l tekshiruvchilari soni qisqarishiga olib keldi.

May oyida muxolifatchi Xalq respublikachilar partiyasi tomonidan Istanbul va Edirne o‘rtasida temir yo‘l ko‘priklarini qurilish loyihasidan voz kechganligi bo‘yicha hukumatga parlament so‘rovini yubordi.

Huquq tartibot organlari avariya holati bo‘yicha tergovni boshlashdi. Hozirda halokatga uchragan poyezd ikki nafar mashinisti hisbga olindi.