Tojikistonda O‘zbekiston fuqarosi daroga mashinasi bilan tushib cho‘kib ketdi

Chevrolet mashinasida bo‘lgan haydovchi tog‘ yo‘lida boshqaruvni eplolmay daroga qulagan.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Tojikistonda O‘zbekiston fuqarosi cho‘kib ketdi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston respublika IIV matbuot xizmatiga asoslanib.

Xabarda aytilishicha, fojia Varzob darosida sodir bo‘lgan.

Chevrolet mashinasida bo‘lgan haydovchi tog‘ yo‘lida boshqaruvni eplolmay daroga qulagan.

Mashina darodan topilgan, jasadni qidirish ishlari davom etmoqda.

Tojikiston IIV mashina haydovchisining shaxsini aniqladi – u Samarqand shahrida yashagan 27 yoshli Hamdamqul Azimov bo‘lgan.