S7 Airlines Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Chipta narxlari bir tomonga 9 ming rubl yoki 1,120 million so‘m atrofida bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Avgust oyi boshida S7 Airlines ("Sibir") aviakompaniyasi Moskvadan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi Travel.ru portali.

Aviayo‘nalish 3-avgust kuni ochiladi, reyslar seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi, oktabrdan esa payshanba va yakshanba kunlari ham parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.

Aviakompaniya Airbus A320 hamda Airbus A319 samolyotlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.

Chipta narxlari bir tomonga 9 ming rubl yoki 1,120 million so‘m atrofida bo‘ladi.

Aprel o‘rtalarida S7 Toshkentdan Xabarovsk, Yujno-Saxalinsk, Vladivostok shaharlariga reyslarni yo‘lga qo‘ygandi. Aviatashuvlar kod-shering kelishuvi doirasida amalga oshirilmoqda.