Pokistonga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yetkaziladi

2017 yilda O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi qariyib 36,2 mln. dollarni(eksport – 9,9 mln dollar, import- 26,3 mln dollar)ni tashkil qildi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi SputnikO‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan maishiy texnika Pokistonda namoyish qilindi

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, Pokiston bozorlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yetkazish, jumladan, meva va savzavot mahsulotlarini, tibbiyot sohasida, qishloq xo‘jaligi texnikalarini, kurilish, elektro va maishiy texnika, tekstil hamda turizm sohalarida o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish haqida kelishib olishdi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar kengashi aloqalarini mustahkamlashga kelishildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, 2017-yilda O‘zbekiston-Pokiston o‘rtasida o‘zaro tovar aylanmasi qariyib 36,2 mln. dollarni(eksport — 9,9 mln dollar, import- 26,3 mln dollar)ni tashkil qildi.

2017 yilda O‘zbekistonning Islomoboddagi elchixonasi qoshida "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" belgisi ostidagi doimiy faoliyat yurituvchi ko‘rgazma tashkil etildi va Toshkent va Laxor o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida va Global va mintaqaviy tadqiqotlar markazi bilan O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar Kengashini tuzish to‘g‘risida kelishuv imzolangan hamda aprel yida esa kengashning birinchi yig‘ilishi Islomobodda o‘tkazildi.

Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida O‘zbekistonning Pokistondagi elchixonasi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi hamkorligida Islomobod shahrida ishbilarmon kengashi raisi o‘rinbosari Vasik Ali Xan boshchiligida O‘zbekiston-Pokiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvdan maqsad O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika va qurilish mahsulotlari ko‘rgazmasini Pokistondagi Karachi, Laxor va Ravalpindda ochish hamda kelajakda bu mahsulotlarini butun Pokiston bo‘ylab tarqatishdan iborat.