Xitoyliklar AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlari o‘rniga O‘zbekistonnikini sotib olishmoqchi

6-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 25% boj solish haqidagi qarori kuchga kirdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Pekindagi gilos eksportori Chjao Saoyu Xitoy va AQSh o‘rtasidagi savdo urushi sababli O‘zbekiston va Turkiyadan gilos importini yo‘lga qo‘yishga olib kelishi mumkinligini aytdi, deb xabar berdi east-fruit.com portali.

O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirib dunyoda 4-o‘ringa ko‘tarildi

Uning aytishicha, hozirda mavjud shartnomalar AQShdan gilos keltirish hajmini keskin kamayishiga olib kelmaydi. Lekin “agar vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, biz O‘zbekiston va Turkiya mahsulotlariga murojaat qilamiz”, - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyul kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga 25% boj solish haqidagi qarori kuchga kirdi.

Pekin ham Amerikadan keltiriladigan gilos, soya, avtomobil, cho‘chqa go‘shti va boshqa mahsulotlarga boj kiritdi.

Vashington asosiy e’tiborni texnika mahsulotlariga, Pekin esa qishloq xo‘jalik mahsulotlariga qaratgan.

O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi.