Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqdi

Boris Jonson Brexit tufayli iste’foga chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson iste’foga chiqdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

Bugun, kunning ikkinchi yarmida bosh vazir Tereza Mey Boris Jonsonning iste’fosini  qabul qildi.  Bosh vazir Borisga mehnat faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi. Yangi vazirning ismi sharifi yaqin orada e’lon qilinadi", — deyilgan RIA Novosti xabarida.

Britaniya hukumati oxirga sutka davomida ikki yuqori martabali davlat xizmatchisining iste’fosini qabul qildi. Birinchi bo‘lib iste’foga Brexit masalalari bo‘yicha vazir Devid Devis ariza bergan edi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ikkala vazirning iste’fisiga Brexit tufayli kelib chiqqan kelishmoqchilik sabab bo‘lgan. Jonson va Devis Tereza Mey jamoasida o‘ta muhim rol o‘ynagan vazirlardan edi.