FIFA o‘tgan 60 o‘yin bo‘yicha qiziqarli statistika e’lon qildi

Eng hujumchi jamoa Braziliya, eng himoyalanuvchi jamoa – Rossiya. JChning dastlabki statistikasi e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining yarim final o‘yinlari oldidan FIFA chempionatning bo‘lib o‘tgan 60 uchrashuvlari haqida bir qator qiziqarli faktlarni e’lon qildi.

Xususan, Rossiya terma jamoasi — 2018-yilgi JChning eng yaxshi himoyalanuvchi jamoasi deb topildi. Statistikaga ko‘ra rossiyalik futbolchilar eng ko‘p himoyalanuvchi harakatlarni amalga oshirishgan. To‘pni jarima maydonchasidan olib chiqish, raqib o‘yinchisidan to‘pni olish va seyv qilish habi harakatlar jamoa tomonidan 259 marotaba amalga oshirilgan.

JCh-2018dagi asosiy o‘zbekistonlik: Ravshan Ermatov haqida nimalarni bilasiz

Eng kuchli hujumchi jamoa — Braziliya  bo‘lgan. Ular 292 marotaba hujum uyushtirilgan. Muvaffaqiyatli uzatishlar soni bo‘yicha chempion — Ispaniya. Ular 3120 ta aniq pas uzatishgan. Eng samarali jamoa esa — Belgiya bo‘lgan. Turnir davomida ular 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishgan.

Eng ko‘p yugurgan futbolchi — Rossiya yarim himoyachisi Roman Zobnin bo‘lgan. "Spartak" jamoasi o‘yinchisi turnir davomida 62 km yugurgan. Darvozaga urilgan zarbalar soni bo‘yicha chempion — Neymar, 27 zarba. Eng ko‘p pas uzatgan futbolchi — ispaniyalik Serxio Ramos — 485 ta aniq pas uzatgan. Eng ko‘p seyv amalga oshirgan darvozabon esa — Meskika jamoasi darvozaboni Gilmero Ochoa bo‘ldi.

Ushbu statistik ma’lumotlar o‘tkazilgan 60ta o‘yin natijalariga asosan tuzilgan. Oldinda yana ikki yarim final, final va uchinchi o‘rin uchun kurash turibdi. Jahon chempionligiga Belgiya, Fransiya, Angliya va Xorvatiya da’vo qilmoqda.