Milliarder Fattox Shodiyev "O‘zbekiston 2035" forumi mehmoni - video

Milliarder Fattox Shodiyev "O‘zbekiston 2035" forumida ishtirok etdi. Bu haqdagi video "Buyuk kelajak"ning telegrammdagi botida e’lon qilindi
Sputnik

Eslatib o‘tamiz, milliarder fondi ushbu forum homiysi sifatida tanishtirilgan edi.

Milliarderning yonida Toshkentdagi fond rahbari Sardor Jo‘rayevni ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 28-29-iyun kunlari Toshkent shahridagi Inxa universitetida "O‘zbekiston 2035" forumi bo‘lib o‘tdi.

"Buyuk Kelajak" XNNT hamda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan tashkil etilgan forumda O‘zbekistonni rivojlantirishning 2035-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli strategiyasi konsepsiyasini muhokama qilingandi.