O‘zbekistonda ilk bor otlar paradi bo‘lib o‘tdi

Umumjahon o‘lchovlari bo‘yicha bunday miqdordagi jonivorlar bilan o‘tgan bu paradni yirik paradlardan biri deb atash mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. 7-iyul kuni poytaxt markazi – Amir Temur xiyobonida otlar paradi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

Paradda O‘zbekiston Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash Bosh boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya otliq eskadroni xodimlari, shuningdek respublikaning ot sporti yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarining yetakchi sportchilari ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda ilk bor otlar paradi bo‘lib o‘tdi

Bunday tadbirlar dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkazib turiladi, ammo O‘zbekiston uchun bu parad tarixdagi birinchi parad bo‘ldi. Tashkilotchilar shu tarzda respublikaning ot sporti sohasini ko‘rsatib berish, jamoatchilikning e’tiborini ot sporti turlariga qaratish, o‘sib kelayotgan avlod orasida ot sportini ommalashtirishga harakat qilishdi.

O‘zbekistonda ilk bor otlar paradi bo‘lib o‘tdi

Bu ishga shuningdek, mamlakatning kuch tuzilmalari xodimlari, mashhur sportchilari o‘z hissalarini qo‘shishdi. Ular tantanali xizmat va sport kiyimlarida, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab marsh qilib yurishdi.

Paradda 80 ga yaqin zotdor otlar ishtirok etdi. Umumjahon o‘lchovlari bo‘yicha bunday miqdordagi jonivorlar bilan o‘tgan bu paradni yirik paradlardan biri deb atash mumkin. Bu boradagi oxirgi jahon rekordi 2017-yil BAAda 116 ta ot ishtirokida qo‘yilgan.