TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Turkiya prezidenti lavozimiga kirishish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Inauguratsiya marosimi 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kundan Turkiya parlament boshqaruvidan prezident boshqaruvi tizimiga o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan prezident va parlament saylovlarida Erdo‘g‘an 52,59 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘lgandi.