Tojikiston terma jamoasi himoyachisi Bekobodning "Metallurg" klubiga o‘tdi

O‘zbekiston superligasining o‘n to‘rt turidan so‘ng Bekobodning "Metallurg" klubi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Tojikiston terma jamoasi himoyachisi Zoir Jo‘raboyev Dushanbening "Pomir" klubidan Bekobodning  "Metallurg" klubiga o‘tdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.

"Pomir klubi bosh murabbiyi Tohin Mo‘minovning aytishicha, Zoir Jo‘raboyev bilan shartnomada agar u xorij klubidan taklif olsa, jamoa uni qo‘yib yuborishi haqidagi band mavjud.

O‘zbekiston superligasining o‘n to‘rt turidan so‘ng Bekobodning "Metallurg" klubi turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.