Toshkentda piyodani urib yuborib qochib ketgan Spark haydovchisi qidirilmoqda

Yo‘lning belgilanmagan joyini kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, qochib ketgan oq rangli Spark haydovchisi qidirilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Toshkent shahar IIBB fuqarolardan piyodani urib yuborib qochib ketgan Spark avtomobili haydovchisini topishda yordam so‘ramoqda.

Muassasa xabarida aytilishiga ko‘ra, YTH Olmazor tumanida sodir bo‘lgan. Oq rangli (taxminan) Spark haydovchisi Toshkent Halqa yo‘lining belgilanmagan joyida piyodani urib yuborgan. YTHdan so‘ng haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan. Olgan jarohatlari tufayli 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro Atabayev B. V. Voqea joyida vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Toshkentning Uchtepa tumanida ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Uchtepadagi Katta Xirmontepa ko‘chasida Spark haydovchisi YTH sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan edi.