Rossiya terma jamoasi JChni tark etdi

Rossiya va Xorvatiya jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda hisob so‘nggi damga qadar bir xil edi: asosiy vaqt 1:1 hisobida, qo‘shimcha vaqt 2:2. G‘olib esa faqatgina penaltilar seriyasidan keyin ma’lum bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Kuni kecha Sochida bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatiningchorak final o‘yinida Xorvatiya ustidan g‘olaba qozonishga Rossiya termasiga birozgina omad yetishmadi, desak xato bo‘lmaydi. 

Rossiya ilk bor JChning chorak finaliga chiqdi!

Hisob eng so‘nggi damga qadar bir xil edi: asosiy vaqt 1:1 hisobida, qo‘shimcha vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. G‘olib esa faqatgina penaltilar seriyasidan keyin ma’lum bo‘ldi.

O‘yindagi birinchi golni Rossiya jamoasidan Denis Cherishev urdi. Oradan biroz o‘tib Xorvatiya jamoasidan Andrey Karmarich hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchinchi golni qo‘shimcha vaqtning birinchi taymida Domaga Vida urdi. Xorvatiya g‘alabasi juda yaqin qolgandek edi, lekin qo‘shimcha vaqtning ikkinchi yarmida, o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganda  Rossiyalik Mario Fernandes hisobni tenglashtirdi.

Asosiy va qo‘shimcha vaqt natijalari 2:2 bo‘lganidan so‘ng, hakamlar penaltilar seriyasi belgilashdi.

Rossiya biz kutgandan ham zo‘r ekan - JCh mehmonlari

Rossiya jamoasi belgilangan 5 zarbadan 2tasini darvozaga kiritia olmadi. Xorvatiya esa faqatgina bir to‘pni kirita olmadi. Natja 4:3.

Eslatib o‘ta miz, bu Xorvatiya jamoasi JCh o‘yinlarida oxirgi 20-yilda birinchi muvaffaqiyatli ishtirok etishdir. Xorvtiya so‘ngii bor 1998-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tgan JChda yarim finalgacha yetib kelib o‘chinchi o‘rinni egallagan edi.

Rossiya jamoasi uchun esa ushbu Jahon chempionati tarixda eng muvaffaqiyatlisi bo‘ldi. Terma jamoa ilk bor Jahon chempionatida nafaqat guruhdan chiqishga, balkim chorak finalgacha yetib kelishga muvaffaq bo‘ldi.  

Jahon chempionatining yarim finali doirasidagi keyingi o‘yini 10-iyul kuni Fransiya va Belgiya jamolari orasida bo‘lib o‘tadi. Xorvatiya Angliya jamoalari esa 11-iyul kuni urashishadi. Final – 15-iyulga belgilangan.