Xorazm viloyatida hokim o‘rinbosari pora olayotib qo‘lga tushdi

Mansabdorga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Huquqni muhofaza qilish organi xodimlari Urganch tumani hokimi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi mansabdorni besh million so‘m pora olayotganida qo‘lga olishdi.

Bu haqda O‘zbekiston24 kanalida xabar qilindi.

Lavhada aytilishicha, hokim o‘rinbosari pora evaziga fuqarolardan biriga yerga egalik huquqini olib berishda yordam ko‘rsatishini aytgan.

Mansabdorga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.