Mirziyoyev va Nazarboyev "Ostona" xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdi

“Ostona” xalqaro moliya markaz faoliyati xalqaro moliya institutlari tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev hamrohligida "Ostona" xalqaro moliya markazini borib ko‘rdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati. 

Xabarda aytilishicha, Nursulton Nazarboyev ushbu markazda ishbilarmonlar uchun yaratilgan sharoitlar, istiqbolga belgilangan rejalar haqida so‘zlab berdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Kazaxstan Nursultan Nazarbayev

Markaz faoliyati xalqaro moliya institutlari tajribasi asosida yo‘lga qo‘yilgan. Uning a’zolari uchun ellik yilgacha soliq imtiyozlari berish, viza, valyuta va ish yuritish tizimini soddalashtirish ko‘zda tutilgan.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Kazaxstan Nursultan Nazarbayev

Bugun Qozog‘istonning Mustaqillik saroyida Ostona shahrining 20-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi.